
2011-yilda GEFKGD ko‘magida Xorazm viloyatidagi “Navro‘z-Yap” xo‘jalik ichidagi kanalini izolyatsiya qilish loyihasi amalga oshirildi. Bu kanalning uzunligi 2,2 km. Kanalni izolyatsiyalash eng arzon usulda amalga oshirildi - kanalni tekislash, kanalning pastki qismini izolyatsion plastmassa plyonka bilan qoplash va plyonka shikastlanmasligi uchun bu plyonkani yuqoridan tuproq bilan to'ldirish. Iqtisodiy tahlil shuni ko'rsatdiki, kanallarni izolyatsiyalashning ushbu usuli bo'yicha investitsiyalar rentabelligi 1,2 yilni tashkil etdi, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar esa 2013 yil narxlarida 1 km kanal uchun 15 ming AQSh dollaridan sal ko'proqni tashkil etdi. Bu usul kanalda suvni tejash samaradorligini 2 barobardan ziyod oshirdi.
I. Rudenko, “KRASS” nodavlat tashkiloti, UrDU, Q. Nurmetov, “KRASS”, X. Jabbarov, UrDU, M. Sultonov, UrDU,